Poliplar
Poliplar (Yun. polypus — ko’poyoqli) — yakka yoki koloniya bo’lib o’troq yashovchi bo’shliqichlilarning umumiy nomi. Asosan, dengizlarda (gi- dralar — chu-chuk suvlarda) tarqalgan; o’lchami bir necha mm dan bir necha m gacha. Gavdasi tsilindrsimon, yuqori tomo- nida pay-paslagichlar b-n o’ralgan og’zi joylashgan. Pastki «tovon» tomoni b-n sub-stratga (yakka yashovchi P.) yoki ko- loniya poyasiga (koloniya bo’lib yashovchi P.) yopishadi. Ko’pchilik koloniya bo’lib yashovchi P. tashqi yoki ichki ohak yoki or- ganik skeletga ega. Harakatlanishi, aso- san, paypaslagichlarining cho’zilishi yoki qisqarishidan iborat. Ayrim yakka yashov- chi P. (gidralar, aktiniyalar) substratda sekin siljishi mumkin. Nasl gallanishi orqali ko’payadigan bo’shliqichlilarda P. jinssiz nael bo’lib, faqat kurtaklanish yoki ko’ndalang bo’linish orqali ko’payadi va P. yoki meduzalar hosil qiladi.