Port-of-Speyn

Port-of-Speyn — Trinidad va Tobago davlati poytaxti. Mamlakatning muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Trinidad o.ning shim.-g’arbiy qismida. Iqlimi subekvatorial, o’rtacha t-ra yanv.da 25,8°, iyulda 26,7°; yillik yog’in 1910 mm. Aholisi 49 ming kishi- dan ziyod (2000). Atlantika okeanining Pariya ko’ltig’i sohilidagi port. Me- tallsozlik, to’qimachilik, oziq-ovqat, tsement sanoat korxonalari, kema verfi mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Port orqali chetga neft mahsulotlari, shakarqamish, kofe, TSI- Trus mevalar chiqariladi. Un-t, milliy muzey, badiiy galereya bor. Ispanlar kelgunga qadar P.-o-S. o’rnida indeyslarning Konkerabiya qishlog’i bo’lgan. 1783 y.dan Ispaniya- ning Trinidad o.dagi mustamlakasining ma’muriy markazi, 1797 y.dan Buyuk bri- Taniya qo’l ostida. 1962 y.dan mustaqil Trinidad va Tobago poytaxti.