Portu, Oporto
Portu, Oporto — Portugaliyanknt shim.-g’arbiy qismidagi shahar. Portu okrugining ma’muriy markazi. Axo- liey 302 ming kishidan ziyod (1990-y. lar o’rtalari, shahar atrofi b-n 1,2 mln. kishi). Transport yo’llarining yirik tuguni. Doru daryosining Atlan- tika okeaniga quyilish joyidagi Yi- rik port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisining soni va iqtisodiy ahamiyati jihatidan mamlakatda Lissa- bondan keyin 2-o’rinda. Mashinasozlik (kemasozlik, elektrotexnika) sanoati rivojlangan. To’qimachilik, oziq-ovqat (vinochilik, baliq konservalash), ti- kuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Shahar mil. AV. 1-a.darimliklarning Portus-Kale qishlog’i o’rnida vujudga kelgan. Portugaliya davlatining vujudga kelishida muhim rol o’ynagan, mamlakat nomi ham shu sha-har nomidan olingan. Un-t (1911) va b. oliy o’quv yurtlari, mu- zey bor. Me’moriy yodgorliklardan 12— 18-a.larda qurilgan sobor va cherkovlar saqlangan.