AEROPORT
AEROPORT (Aero… va port) — yo’lovchilar, kJ, pochtani havo transporta vositalarida muntazam tashishni ta’minlovchi binolar, inshootlar (aerodrom bilan birga) va jihozlar majmui. Xalqaro va mahalliy Aeroportga bo’linadi. Aeroport tarkibiga aerovokzal, pochta bo’limlari, yuk ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash jihozlari bo’lgan ombor, ustaxonalar, angar, moddiy-texnika jihozlari, yonilg’i quyish vositalari va boshqalar saqlanadigan omborlar kiradi. Aeroport radiolokatorlar, avtomatik radiotexnika vositalari, yorug’lik signali tizimlari, navigasiya qurilmalari va boshqalar bilan jihozlangan bo’ladi.