AEROTERAPIYA

AEROTERAPIYA — organizmni chiniqtirish va davolash maqsadida ochiq havodan foydalanish usuli. Aeroterapiyadan ko’pincha bolalar organizmini chiniqtirish va tashqi muhitning noxush omillariga nisbatan chidamini oshirish, shuningdek o’pka, suyak, teri, bo’g’im sili, kamqonlik, nerv va yurak-tomir sistemasining funktsional kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Aeroterapiyaning havo vannalari bilan davolash turi keng qo’llaniladi.