PIRGEOMETR
PIRGEOMETR (Yun. pyr — olov, ge — Er va … metr) — er sirtining effek- TIV nurlanishi (ya’ni er sirtining be- vosita nurlanishi b-n atmosferaning ro’para nurlanishi farqi)ni o’lchash uchun mo’ljallangan asbob. P. galma-gal keladigan qora (g’adir-budir) va nikel- langan (yaltiroq) metall polosalardan iborat moslama (radiasiya qabul qilgich) dan iborat (termoelektr P.). Effektov nurlanishni o’lchash uchun P.ning qabul qilish sirti dam-badam osmon va er to- monga o’girib turiladi. Qora va yaltiroq polosalarning nurlanishni yutish va so- chish xususiyati turlicha bo’lganligi uchun t-ralar Far-Qi (termotok) paydo bo’ladi. Termotok mikdori galvanometr b-n o’lchanadi. P.ning mutlaq kompensasion xili ham bor (V. A. Mixelson pirgeo- metri). Bunda polosalar qaramaqarshi tomonga karatib joylashtirilgan. U er sirtining effektov nurlanishini bevo- Sita aniklashga imkon beradi.