Plazmotron

Plazmotron, plazma generator i (plazma va elektron) — plazma olish uchun ishlatiladigan gaz razryadli asbob. Sanoatda materiallarga ishlov berishda qo’llaniladi. Gazlarda foydalanilayot- gan elektr razryadlarning turiga qarab ey razryadli va yuqori chastotali P. keng tarqalgan. O’zgarmas tokda ishlaydigan ey raz- ryadli P. quyidagi asosiy qismlardan iborat: bitta (katod) yoki ikkita (katod va anod) elektrod, razryad kamera-si, plazma hosil qiluvchi moddani uza-tish qismi. Razryad kamerasining plazma oqadigan yorig’i P. soplosi deyiladi. Ey razryadli P.ning ikki turi: tashqi plazma yoyi va plazmali oqimni hosil qilishda ishla- tiladigan P.mavjud. Bi-rinchi tur P.da ey razryadi katod va anod sifatida olin- gan jism orasida yonadi. P.ning ikkinchi turida katod va anod orasidagi razryadda hosil qilinayotgan plazma razryad kame- rasidan ingichka uzun oqim sifatida oqib chiqadi. Ey razryadli P.da ish gazi (vodorod, kislorod, azot, argon, geliy va b.) qiyin eriydigan katod (volfram, molibden, maxsus krtishmalar) va suv b-n sovitila- digan mis anodi orasida sodir bo’layotgan ey razryadi tufayli plazmaga aylanadi. Bu plazma anoddagi yoriqdan oqib chiqadi. Ey razryadli P.da razryadning tur-g’unligiga magnit maydoni, gazlar oqimi, razryad kamerasi, soploning devorlari tufayli erishiladi. Bu P.ning quvvati 10 MVt, soplo kesi-midagi oqim t-rasi (3 — 25) 103K, oqimning chiqish tezligi 104 m/s. Yuqori chastotali P. esa elektromag- nit g’altak — induktor yoki yuqori cha- stotali energiya manbaiga ulangan elek- trodlar, razryad kamerasi, plazma qosil qiluvchi moddani kirgizish kis-mini o’z ichiga oladi. Uning induktsi-on, sig’imli, mash’alli, o’ta yuqori chastotali xillari mavjud. Induktsion P. yordamida nitrid, borid, karbid va b. kimyoviy birikmalar asosidagi yupka dispersli va juda toza kukun materiallar olinadi. P. quvvati 1 MVt ga eta-Di, t-ra razryad kamerasining markazi va plazma oqimining boshla- nish joyida ~ YU4K > plazma oqimining tezligi 103 m/s, chastotasi bir necha o’n ming Gts dan o’nlab MGs gacha bo’ladi. O’ta yuqori chastotali P. chastotasi ming va o’n ming MGs larni tashkil qiladi; ularni ta’minlovchi generator sifatida Magne- tronlar qo’llaniladi.