PILLA O’ROVCHILAR
PILLA O’ROVCHILAR (Lasiocampidae) — tunlam kapalaklar oi- lasi. Gavdasi yo’g’on, qanotlari keng, yoy- ilganda 90 mm gacha (urg’ochisi yirikroq); xartumi rivojlanmagan. Qurtlarining gavdasi qalin tuk b-n qoplangan, daraxt va butalar, ba’zan o’tlar bargi b-n ozi- klanadi. Tuxumlarini to’p-to’p qilib qo’yadi. G’um-bagi pilla ichida. Yosh yoki o’rta yotshdagi qurtlari, ba’zan tuxumlari qishlaydi. 1000 ga yaqin turi bor, tro- pikada ay-niqsa xilma-xil. O’rta Osi- yoda 20, O’zbekistonda 10 ga yaqin turi tarqalgan. Mevali daraxtlarga ziyon kel- tiradi.