Pichan uni
Pichan uni, o’t uni — sun’iy sha- roitlarda yuqori haroratda quritilgan va maydalangan o’tlardan tayyorlanadi- gan em-xashak mahsuloti. Xona yoki ochiq joylarda shamolda quritilgan pichan poxolqirqqichlarda maydalana-Di, key- in don tegirmonlari yoki yanchish mashi- nalarida tortiladi. P.u. sifati o’tlar turi, o’rib-yig’ish muddati va quritish usullariga bog’liq. Eng yaxshi P.u. sho- nalash davrida yoki gullay boshlaganda o’rilgan dukkakli o’tlardan oli-nadi, oqsil, mineral moddalar, Vita-minlarga boyligi jihatidan donli ozuqalardan qolishmaydi. Sebargadan tayyorlangan 100 kg P.u. da 70,2 ozuqa birligi va 8,3 kg hazm bo’ladigan protein; xashaki loviya- suli aralashmasida 65,7 ozuqa birligi va 9,7 kg hazm bo’ladigan protein bor. P.u. karotinga boy; karotin yaxshi saqlanishi uchun P.u.ga antioksidantlar (santoxin va b. )qo’shiladi. Cho’chqalar uchun aralash em tarkibiga 10-15%, parrandalar uchun 3-5% P.u. qo’shiladi. Vitamin- larni yo’qotmasligi uchun P.u.ni bug’lash yoki qaynoq suv b-n ishlov berish mumkin emas. Ro’zimat Hamroqulov.