Pishloq, sir
Pishloq, sir — sutni ivitib, ishlov berish yo’li b-n tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsuloti. Sigir, qo’y, echki, buyvol sutidan yoki ularning aralash- masidan ishlab chiqariladi. Tarkibida 15-27% engil hazm bo’ladigan oqsil, shu jumladan, almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar, 20-32% yog’, shuning- dek, kaltsiy, fosfor tuzlari va Vita- minlar (1,5—3,4%) bor. 100 g oliy nav P. kaloriyasi 350-400 kkal ga teng. P. parhez va shifobaxsh xususiyatga ega, en- gil va deyarli to’la hazm bo’ladi. Sutni ivitish usuliga qarab, shirdon P.i va qatiq pishlog’i tayyorlanadi. Shirdon P.i ning qat-tiq, sho’r va yumshoq xilla- ri bor. Qat-tiq P. (Shveytsariya, Rossiya, Gollandiya, Kostroma, Yaroslavl P.lari va b.) konsistentsiyasi muloyim, yumsho- g’iniki (Medinsk, Rokfor, dorogo-buj P.lari va b.) moysimon. Sho’r P. (brinza, Tushin P.i va b.) namakobda etilishi b-n boshqa P.lardan farq qiladi. Qatiq P.ga qizdirilgan P. va b. kiradi. P.ning 700 ga yaqin xili ma’lum bo’lib, kimyoviy tar- kibi, ma-zasi turlicha. O’zbekistonning sut sanoati korxonalarida yumshoq pishloq va brinza ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.