Pifagor
Pifagor (taxm. mil. AV. 580, sa- mos — 500, Metapont) — yunon Mate- matigi, faylasuf, quldor aristokrati- yaning g’oyaviy targ’ibotchisi. 530 y.dan Jan. Italiyadagi Krotone sh.da, key- inroq Metapont sh.da yashagan. Kroto-ne- da falsafiy maktab, siyosiy partiya va diniy birodarlikni mujassamlashtir- gan ittifoq (pifagorchilar itti-foqi) tuzadi. P. falsafasida son barcha nar- saning mohiyati, olam esa sonlar va ular orasidagi munosabatlarning garmonik sistemasi, degan g’oyalar ilgari surilgan. Mat. tarixida P. geometriyaga siste- matik isbot tushunchasini kiritib, uni abstrakt fan darajasiga ko’targan, to’g’ri chiziqli shakllar geomet-riyasini tuzgan, o’xshashlik haqidagi ta’limotni yaratgan, to’g’ri burchakli uchburchak qaqidagi teore- mani isbotlagan (bu teorema P.dan 1500 yil ilgari Misr va Bobilda isbotsiz ma’lum bo’lgan) (q. Pifagor teoremasi), ayrim munta-zam ko’pburchak va Ko’pyoqliklarni yasagan deb hisoblanadi. Odatda, juft va toq, gub va murakkab, mukammal sonlar, arifmetik, geometrik va garmonik proportsiyalar P. nomi b-n bog’la-nadi. P. maktabining mat.ni sistemalashtirishdagi roli katta bo’lgan. Ad.: Istoriya matematiki drevneyshix vremyon do nachala XIX stoletiya, t. 1., M., 1971.