Pigmentlar

Pigmentlar (lot. pigmentum— bo’yoq) — 1) (biologiyada) orga-nizmlar to’qimalari tarkibiga kiradigan bo’yoq birikmalar. P. rangi ular molekulasi tarkibidagi quyosh spekt-rining ko’zga ko’rinadigan nurlarini (380-750 nm) tanlab yutadigan xromofor guruhi b-n bog’liq. P. tsitoxromlar, katala- za va b. fermentlar, membrana struk- turam tarkibiga kiradi, oqsillar va lipidlar b-n birga kompleks qosil qiladi. Hujayrada P. Max-sus tuzil- malar (xloroplastlar, xromoplastlar va b.) ichida, ba’zan hujayra shirasida bo’ladi. Ko’pchilik hayvonlarda maxsus P. hujayralari mavjud. P. fotobiol ochiq jarayonlarida (fotosintez, ko’rish, fotoregulyasiya) katta ahamiyatga ega; na- fas olishda ishtirok etadi (gemoglobin, tsitoxromlar, xromogenlar), organizm- ni ultrabi-nafsha nurlar ta’siridan saqlaydi (o’simliklarda — karotino- idlar va flavonoidlar, hayvonlarda — Mela-ninlar), hayvon va o’simliklar rangini belgilaydi. P.dan oziq-ovqat va farmasevtika sanoatida foydalaniladi. 2) (kimyoda) — suvda, organik eri-tuvchi- larda, parda hosil qiluvchi mod-dalarda va b. bo’yaladigan muhitlarda erimaydi- gan (bo’yagichlardan farqli o’laroq) yuqori dispers kukunsimon bo’yovchi moddalar. P. materiallarni korroziyadan saklaydigan plyonkalarning xossalarini yaxshilaydi. Organik P. — kimyoviy tuzilishi tur- licha bo’lgan sintetik bo’yoq moddalar. Monova disazopigment mahsulotlari muhim ahamiyatga ega. Bular yashilsariq rangdan to’q qizil ranggacha bo’ladi. FTA- lo-tsianin P.ning rangi och zangori, chi- damligi b-n boshqa P. dan ajralib tura- Di. Sariq rangdan yashil ranggacha bo’lgan olovbardosh polisiklik P.ning ham ahamiyati katta. Anorganik P. — tarki- bida ko’p miqdorda te-Mir oksidlari, sintetik mahsulotlar, oz miqdorda sul- fidlar, selenidlar, oksidlar va xromat- lar bo’lgan tabiiy minerallar. Anorga- nik P. ning rangi bo’g’iq, organik P.ga qaraganda kam tatimli, zichligi katta, yorug’lik-ka chidamli. P., asosan, lok-bo’yoq ma-teriallar (mas, emallar, bo’yoqlar, jumladan, bosmaxona bo’yoqlari va ba- diiy bo’yoklar), shuningdek, plastmassa- lar, rezinalar, qurilish materiallari, silikat sirlar (faqat anorganik P.), kosmetik preparatlar va b. tayyorlashda, sun’iy va sintetik tolalarni bo’yashda, sun’iy charm va gazlamalarga bosma rang berishda ko’plab ishlatiladi.