Pielonefrit

Pielonefrit (Yun. pyelos — jom va nephros — buyrak) — buyrak va buy- rak jomining yallig’lanishi (pielit). P. mustaqil ravishda yoki siydik yurishi- ni qiyinlashtiruvchi siydik-tanosil sistemasi kasalliklari (prostata bezi adenomasi, siydik toshi kasalligi va b.) natijasida vujudga kelishi mumkin. P. turli infektsion kasalliklar oqibatida ham paydo bo’ladi. Bolalarda ko’pincha gripp, zotiljam va nafas organlari- ning boshqa kasalliklari tufayli ro’y beradi. Ayollarda homiladorlik vaqtida kattalashgan bachadon siydik naylarini ezishi natijasida siydikning yurishi qiyinlashib, P. vujudga kelishi mum- kin. Ko’pincha homiladorlik davrida il- Gari sira bilinmasdan kechgan va vaqgida aniqdanmagan surunkali P. avj oladi. P. buyrak to’qimasiga kasallik mikroblari kirishi natijasida Vu- judga keladi. Mikroblar uretrit yoki tsis-titda siydik nayi bo’ylab yuqoriga ko’tariladi yoki organizmda yallig’langan joylar bo’lganida, shuningdek, angina, tonzillitda yoki tishlar chi-riganida in- fektsiya kon tomirlaridan borib, buyrak- ka kiradi. Birlamchi va ikkilamchi P. farq qilinadi. Birlamchi P.da mikroblar or- ganizmdagi yiringli manba (tonzillit, chipqon va b.)dan kon orqali buyrakka ta’sir etishi mumkin. Ikkilamchi P. siydik yo’llari yallig’langanda vujudga keladi. O’tkir va surunkali P. bo’ladi. Et uvushib, kuchli titrash, isitmalash, kat- tik terlash, belning bir tomonida yoki umurtqa pog’onasining ikki yonida og’riq paydo bo’lishi, ko’ngil aynishi, qayt qilish, og’iz qurishi, muskullarning bezillab turishi o’tkir P.ga xos belgi- lardir. Siydik tekshirilganda undan leykositlar va mikroblar ko’p topila- Di. Surunkali P. uzok, yillar davomida hech qanday belgilarsiz kechishi mumkin, uni faqat siydikni tekshirgandagina bilinadi. Surunkali P.da Bedda bir oz og’riq bo’ladi, bosh tez-tez og’rib turadi. Ba’zan sal isitma chiqadi. Surunkali P. vaqtvakti b-n kuchayishi mumkin. Bunda o’tkir P.ga xos belgilar paydo bo’ladi. Surunkali P. o’z vaqtida davolanmasa, buyrak to’qimasi asta-sekin buziladi, buyrakning siydik AJ-ratish funktsiya- si o’zgaradi, natijada (agar ikkala buy- rak kasallangan bo’lsa) organizm azotli chiqindilar b-n zaharlanadi (q. Uremiya). O’tkir P. b-n og’riganda bemor, odatda, faqat kasalxonada davolanadi. Vrach bu- yurgan rejimga rioya kilinmasa, kasal- lik surunkali shaklga o’tadi. Surunkali P. b-n og’riganda bemorlar doimo vrach kuzatuvida bo’lishi va u buyurgan rejim hamda davo tadbirlariga to’liq amal qilishlari lozim, jumladan, parhez bu- yuriladi, dudlangan, ziravorli, konser- valangan maxsulotlar, achchiq narsalar, spirtli ichimliklar man etiladi. Osh tuzini kamrok, iste’mol qilish kerak. Kasallikning oldini olish uchun turli yuqumli kasalliklarni o’z vaq- tida davolatish, organizmdagi infek- tsiya o’choklarini yo’qotish, organizm- ni chiniqtirish muhim ahamiyatga ega. Homiladorlar vaqtivakdi b-n ayollar konsultasiyasiga borib siydikni bot- bot tekshirtirib turishlari lozim.