Pivo

Pivo (rus.) — kucheiz alkogolli, ta’mi taxirroq, ko’piklanuvchi, xushbo’y, chanqovbosti ichimlik. O’rta asrlardayoq Evropaning qator mamlakatlarida (ay- niqsa, Germaniya va Chexoslovakiyada) ko’p tayyorlangan. Keyinchalik sanoat usulida maxsus P. z-dlarida ishlab chiqarilgan. P. 19-a. 2yarmida Rossiya O’rta Osiyoni bosib olgandan keyin O’zbekistonda ham tarqaldi. P. tayyorlash uchun undirilgan ar- Padan tayyorlangan suyuklik (solod)ga qulmoq (xmel) va suv qo’shib spirtli bij-g’itiladi. P.ning ayrim navlarini tayyorlashda arpa solodi qisman guruch, makkajo’xori yoki arpa uni, shuningdek, shakar b-n almashtiriladi. Solod tayyorlash uchun arpa tozalana- Di, namlab undiriladi, ungan arpa maysalari quritiladi. Quritilgan maysalar maydalanib, suv b-n aralash- tiriladi. Muayyan haroratda suvli ara- lashmada fermentasiya jarayonlarida soloddagi kraxmal shakarga aylanadi, shakarlanish tugagandan keyin aralashma suziladi va tiniq suslo (atala)ga xmel qo’shib qaynatiladi. Natijada atala tiniqlashadi va xushbo’ylikka ega bo’ladi. Keyin suslo qulmoqdan tozalanadi va maxsus tindirgichlarda sovitiladi. Sus- lo maxsus P. bijg’itish apparatlarida P. achitqi (drojji)larining maxsus irqi b-n 5-9° da 7-8 sutka davomida (pivo naviga qarab) bijg’itilib etishtiriladi (spirt va karbonat angidrid gazi hosil bo’ladi). Bijg’igan yoki yosh P. to’liq etilishi uchun maxsus katta sig’imli idishlarga quyiladi. Idishlarda to’liq etilishi va gazdan tozalanish 0-2° da 21-90 kun davom etadi. P. tayyorlashning uzluksiz va jadallashtirilgan texnologiyalari ham qo’llaniladi. Etilgan P. qayta suzi- ladi va butilkalarga quyiladi. P. tarkibida, navlariga qarab, 4-10% engil o’zlashtiriluvchi oziq mod- dalar, asosan, uglevodlar, kam miqdorda aminokislotalar bor. P.da 1,8—6% al- kogol, 0,3—0,4% karbonat angidrid gazi, qulmoqning achchiq va oshlovchi mod- dalari qoldig’i, organik kislotalar mav- jud. 1 l P.da 400 dan 800 gacha kkal bor. P. xom ashyoning miqdori va tarkibiga, bijg’ish davrining davomiyligiga ko’ra har xil (och va to’q) rangli bo’ladi, na- Vlarga ajratiladi. O’zbekiston Respublikasi P. va al- kogolsiz ichimliklar sanoati tarmo-g’ida 16 ta yirik korxona (Toshkent, Farg’ona, Qo’qon, Andijon, Guliston, Samarqand, Namangan, Buxoro va b. sha-harlarda), shuningdek, matlubot ja- miyatlariga qarashli z-dlar va tsexlari- da P. ishlab chiqariladi. O’zbekistonda «Olmaliq», «Qibray» P.lari mashhur. Olimjon Alimov.