Peshku tumani

Peshku tumani — Buxoro viloya- tidagi tuman. 1950 y. 15 apr.da tashkil etilgan. 1959 y. 19 apr.da Vobkent tuma- ni tarkibiga kiritilgan, 1978 y. 5 apr. da qaytadan tuzilgan. 1988 y. 5 sent. Da Romitan tumani b-n birlashtirilgan, 1989 y. 17 maydan yana alohida tuman maqomiga ega bo’ldi. Mahalliy toponimistlarning FIK- richa, tuman nomi («Peshku») «Peshi kuy — «Katta yo’l ustidagi joy» ma’nosi- ni bildiradi va shu nomdagi qishloqqa nisbatan ishlatilgan. Keyinchalik tuman ham shu nom b-n atalgan. Bu atamaning «peshi ko’h» — «oldindagi tog'» variant ham bor. P.t. viloyatning Markaziy qismida joylashgan va shim.-G’arb yo’nalishi bo’ylab uning eng shim. chekkasigacha 250 km masofaga cho’zilgan. Shim.dan Navoiy viloyati, shim.-garbdan qo-raqalpog’iston Respublikasi, shim.-Sharq va sharqsan viloyatning sho-firkon, Vobkent tu- manlari, Jan. va Jan-sharkdan Romitan, Jondor tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 8,72 ming km2. Aholisi 88,2 ming kishi (2003). P.t.da 10 qishloq fuqarolari Yi- g’ini (Abu Ali ibn Sino, Bog’imuso, Varaxsha, Jongeldi, Zandoni, Peshku, Chibog’ani, Yangibozor, Qal’aimirishkor, Qoraqalpoq) bor. Markazi — Yangibozor shaharchasi. Tabiati. Tuman hududi, asosan, te- kislikdan iborat. Faqat, Quljuqtovga tutash erlarida relefi bir oz murakkab va bu erdagi past tog’larning bal. 785 m ga etadi. Bu viloyatdagi eng baland joy- dir. P.t.ning 4% ga yaqin may-doni Buxo- ro vohasidagi sug’oriladigan erlardan iborat, qolgan qismi turli tipdagi cho’l yaylovlaridir. Iqlimi subtropik belgilarga ega bo’lgan keskin kontinental cho’l iqli-mi. Tuman hududi shim.-g’arbga cho’zilganligi tufayli iqlimida se- zilarli xudu-diy farklanishlar bor. Yanv. oyining o’rtacha t-rasi Jan. da 0° atrofida, shim.da -2°,-3°, iyulniki 28-31,5°. Iilliko’rtacha yogin 100-130 mm., Quljuqtovda 200 mm, tog’ning shim.- g’arbiy etagidagi past-kamliklarda 75 mm. Vegetasiya davri 200— 205 kun. Yil davomida shamol esadi. Shamollar yil davomida aksariyat Jan., ja-nubi-G’arb yo’nalishga ega. Shamollar yil davomida aksariyat Jan., janubi-G’arb yo’nalishga ega. Tuman cho’l zonasida joylashgan, do- imiy okar suvlar yo’q. Ekinzorlar Amu—Buxoro mashina ka-nalining shim.-g’arbiy tarmog’idan Su-g’oriladi. Tuman hududidan qo’shni tumanlarga kirib keladigan oqova suv- lar shim.-G’arbiy kollektor orqali suv bo’yida yashovchi qushlarning yirik mas-kani bo’lgan Qoraqir ko’liga (mayd. 23,7 km2) oqiziladi. Tumanning voha qis-mida madaniy tuproklar, cho’l zo- nasida sur tusli qo’ng’ir, cho’l qumli, qumloq, taqir, taqirsimon va sho’rxok tuproklar uchraydi. Quljuqtov etagi- dagi quruq o’zanli Daryosoy vodiysida taqirsimon tuprokdar katta maydonni egallagan. Qumli joylarda oq sakso- vul, quyonsuyak, Qandim, partak, patloq, cherkez, gipsli cho’llarda shuvoq, isiriq, sas-siqkovrak, qizilcha (efedra), tuyato- von, etalak, karrak o’sadi. Cho’llarda sut Emi-zuvchi hayvonlar, Qorako’l ko’li atro- filarida esa suv bo’yi qushlar yashaydi. Qoraqir tashlama ko’li va ko’l sohili, suv bo’yi qushlari va Nodir hayvonlarni qo’riklash maqsadida, buyur-TMA hudud deb e’lon qilingan. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuning- dek, tojik, turk, tatar va b. millat va- killari xam yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 10,1 kishi. Barcha aholi qishloklarda yashaydi. Xo’jaligi. Tumanda paxtachilik, g’allachilik, sabzavot va polizchilik, chor- vachilik b-n shug’ullaniladi. O’rmonchilik, ipakchilik yo’lga qo’yilgan. Sanoat kor- xonalari faoliyati q.x. mahsulotlarini qayta iishash b-n bog’liq. Paxta tozalash z-Di, 2 avtokorxona, 427 kichik, 2 koope- rativ, bitta xo’jaliklararo korxona bor. O’zbekiston—Belorussiya «Peshku-teks» qo’shma korxonasi mavjud. Avtoyo’llar uz. 392 km. Tumanda 15 shir-kat xo’jaligi, 487 dehqon-fermer xo’jaligi faoliyat ko’rsatadi. Sug’oriladigan erlar mayd. 22,3 ming ga, shu jumladan, 10,5 ming ga erga paxta, 5 ming ga erga don, boshka erlarga poliz, sabzavot, kartoshka, ozuka va b. ekinlar ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 38 mingdan ziyod qoramol, 104,8 ming qo’y va echki, 1892 tuya, 518 ot, 21450 par-randa boqiladi. Tumandagi 48 umumiy ta’lim MAK- ta-bida 23027 o’quvchi ta’lim oladi. 2 kollej (Peshku sanoat, transport, aloka va q.x. kollejlari, 1060 o’quvchi) ishlab turibdi. 32 kutubxona, buyuk alloma ibn Sino yurti Afshona qishlog’ida Abu Ali ibn Sino muzeyi bor. Tumandagi 300 o’rinli kasalxona va b. tibbiy muassa- salarda 126 vrach ishlaydi. 1979 y.dan «Peshku ovozi» gaz. chop etiladi (adadi 1000).