Perikardit

Perikardit — perdikardning yallig’lanishi. Odamda (hamma yoshdagi kishilarda) o’tkir va surunkali bo’ladi. O’tkir P. ko’pincha revmatizm, shuningdek, o’pkaning krupoz yallig’lanishi, gripp, angina, sepsis kabi yuqumli kasalli- klar tufayli ro’y beradi (infektsion P.). Miokard infarkti, uremiya, ko’krak jarohatlanganda ham P. paydo bo’lishi mumkin (noinfektsion P.). Surunkali P. sil kasalligi oqibatida kelib chiqadi, ko’pincha plevra va qorin pardasining bir vaqtda yalliglanishi b-n o’tadi. Yurak xaltasida suyuklik bor-yo’qligiga qarab P.ning quruq, ekssudatli va yopishqoq (obliterativ) shakllari farqqilinadi. Quruq P.da perikardda ishqalanishga o’xshash tovush eshitiladi. Gavda t-rasi bir oz ko’tarilib, yurakdagi og’riq uning atrofiga va orqaga tarqaladi. Bemor yo’talganda, nafas olganda og’riqzo’rayadi. Ekssudativ P. serozli, yiringli, gemor- ragik bo’lishi mumkin. Bunda bemor o’ng qovurg’asi ostida kuchli og-riq sezadi, nafasi qisilib, entikadi, jigari shi- shadi. Ko’pincha bemorning yuzi kerkib, bo’yin tomirlari kengayadi. Yopishqoq P.da, aksariyat, peri-karddagi suyuklik so’rilgach, perikardning ichki va tashqi varaqlari bir-biriga yopishib qoladi. Bunda yurak orqali qon aylanishi buzi- ladi. Davosi: P.ga sabab bo’lgan asosiy kasallikka qarshi dorilar beriladi. Yiringli, ekssudatli P.da antibioti- klar buyuriladi. Perikardtsa suyuklik ko’p bo’lsa, igna sanchib tortib olinadi. Yopishqoq P. operasiya qilib davolanadi.