Peloponnes
Peloponnes — Gresiya Jan.dagi yarim Orol. Bolqon ya.o.ning Janubiy qismi, materikka Korinf bo’yni orqali tutashgan. Mayd. 21,4 ming km2. Ioni va Egey dengizlari b-n o’ralgan. Qirg’oq chizig’i notekis. P.ning Jan. Qismi to’rtta yarim oroldan iborat. Re-lefi tog’lik. Aksari qismining bal. 800— 1200 m. Eng baland joyi 2404 m (tay- get tizmasidagi Ayos-Ilias cho’qqisi). P.ning o’rta qismida karst relefli Arkad yassitog’ligi (bal. 600— 800 m) bor. Sohili allyuvial pasttekislik. Iqlimi subtropik, O’rta dengiz atro- figa xos iqlim. Yanv.nichg o’rtacha t-rasi 8 -11°, iyulniki 24-27°. Yillik yog’in 400-1000 mm. Yirik da-ryolari: Alfey, Evrot. O’simliklari, asosan, doim yashil butazorlar (makvis va frigana)dan ibo- rat. Aholisi chorvachilik, dehqonchilik va bog’dorchilik b-n shug’ullanadi. Muhim shahar va portlari: Patra, Korinf. P.da Sparta, Olimpiya, Mikena, Korinf tari- xiy geografik viloyatlari joylashgan. Turizm rivojlangan.