Patrashkin Aleksandr Timofeevich

Patrashkin Aleksandr Timofeevich (1895.15.3, Sizran, Rossiya — 1975.14.7, Samarqand) — teatr rassomi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1967). Qozon rassomlik bilim yurtini tugatgan (1915). Samarqand ras- somlik bilim yurtida pedagog (1935— 40), Samarqand yosh tomoshabinlar tea- trida bosh rassom (1941-45), Samarqand rus drama teatrida (1948-54), H. Olim- jon no-midagi o’zbek davlat musiqali drama teatrida (1955-68) rassom, bosh rassom. P. mumtoz, zamonaviy hamda mil- liy asarlarni bezatshda realistik an’a- nalarga tayangan: «Otello» (V. Shekspir), «Sarv qomat dilbarim» (Ch. Aytmatov), «Gang daryosining qizi» (R. Tagor), «Og’riq tishlar» (A. Qahhor), «Ravshan va Zulxumor», «Nurxon» (K. Yashin; T. Jalilov), «Dilerom» (K. Yashin; M. Ash- Rafiy), «Aziz va sanam» (A. Bobojon; K. Ota-Niyozov), «Maysaraning ishi» (Hamza; T. Jalilov) va b.