Paton Evgeniy Oskarovich
Paton Evgeniy Oskarovich [1870.20.2 (4.3), Nissa -1953.12.8, Kiev] — payvandlash va ko’priksozlik sohasidagi olim. Ukraina FA akad. (1929), vise-Pre- zidenti (1945-52); Drezden politexni- ka in-tini (1894) va Peterburg temir yo’llar in-tini (1896) tugatgan. Kiev po- litexnika in-ti prof. (1905). Ko’prik sinash styasini boshqargan (1929-31). Uning tashabbusi b-n Ukraina FA da payvandlash laborato-riyasi tash- kil qilingan va u elektr b-n payvandlash ilmiy tadqiqot in-tiga aylantirilgan; shu in-tning birinchi direktori. In-tga P. nomi berilgan. Ilmiy ishlari elektr payvandlashga oid. P. payvandlashni AV- tomatlashtirish, flyus qatlami ostida payvandlash va payvand bi-rikmalarning mustahkamligi masalalarini ishlab chiqqan. Ko’priksozlik masalalari b-n ham shug’ullangan. Uning rahbarligida Kievda Dnepr daryosi US-tiga yaxlit pay- vand ko’prik qurilgan (1953).