Mug’om
Mug’om — 1) Ozarbayjon xalq musiqasida lad. Jami 70 dan ortiq M.lar ma’lum bo’lib, asosiylari — rast, shur, Segoh, shushter, chargyah, Bayati shi- raz, Humayun. Qolganlari shular zamini- da tashkil topgan. M. tovushqatorlarida orttirilgan sekunda intervali uchraydi; ko’plarining diapazoni oktavadan keng bo’lib, ayrim tovushlar turlicha variant- larda kelishi mumkin. M.larda tonika ularning past qismidagina emas, balki o’rta qismlarida ham uchraydi; 2) Ozar- bayjon va tog’li Qorabog’da tarqalgan turkumli vokal-cholg’u asar. M.lar mu- ayyan ladga asoslanib, odatda, shu lad (mas, rast, shur va h.k.) nomi b-n ataladi. Ular badiha uslubiga asoslangan ashula, raqs va cholg’u kuylaridan iborat. 19-a. dan boshlab M.lardan A. Magomaev, U. Hojibekov, N. Tigranov, R. Glier va b. kompozitorlar turli janrlardagi asar- larida foydalanishgan. A. Ter-Gevondyan («Rast»), F. Amirov («Shur», «Kyurdi Ovshar», «Bayati Gulistan»), Niyoziy («Rast»), S. Aleskerov («Bayati Shiraz») va b. M.larni orkestr uchun, J. Jangi- rov («Chargyah»), A. Aliverdibekov («Ba- yati Shiraz») a kapella xori uchun qayta ishlaganlar.