Murabbiylik
Murabbiylik — yoshlarga axloq- odob, kasb-hunar, ilm-fan sohalarini o’rgatish, san’at, sport mashg’ulotlariga rahbarlik qilish faoliyati. M. oi- Lada, mahallada, ta’limtarbiya mu- assasalarida, mehnat va jamoat tashki- lotlarida amalga oshiriladi. Bolalar va o’smirlarning turli yosh davrlarida M. turlicha mazmun va yo’nalishda olib bo- riladi. Go’daklik va bog’cha yoshi davrla- rida bolaning nutqi, axloq-odobi va ilk dunyoqarashini shakllantirishga ota-ona, tarbiyachi va Enagalar M.lik qiladi. MAK- Tab, akademik lisey, kasb-xunar kolleji, oliy o’quv yurtida pedagog-o’qituvchilar, i.ch. korxonalarida esa o’z kasbini pux- ta egallagan, pedagoglik ko’nikmalarni o’zlashtirgan, usta nomini olgan tajri- bali ustozlar M. qiladilar. O’zRda eng yaxshi murabbiylarga «O’zbekiston Res — publikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy~ unvoni ta’sis etilgan.