Moddiy boylik

Moddiy boylik, moddiy ne’mat — muayyan insoniy ehtiyojlarni qondiradigan narsa, hodisa, mehnat mahsuloti; milliy boyliknnng tarki- biy qismi. Tabiatdagi tabiiy in’om- lar (mas, er, havo, iqlim va b.); ishlab chiqarilgan mahsulotlar (oziq-ovqat mahsulotlari, binolar, insho-otlar, ma- shinalar, asbob-uskunalar va b.). Ba’zan ayrim iqtisodchilar (mas, A. Marshall) M.b.larni o’zlashtirish bo’yicha munosa- batlar (patentlar, mualliflik huquqi, pul qo’yilmalari)ni ham M.b.ga kirita- dilar.