MIRZO SODIQ JONDORIY
MIRZO SODIQ JONDORIY (to’liq nomi: Mirzo Muhammad Sodiq ibn Abduvali Munshiy Jondoriy) (18- a. 50-y.lari, Jondor tumani — 1819, Karshi) — shoir. «Sodiq» taxallusi b-n ijod qilgan. U saroy xizmatiga chaqirilib, Buxoro Mang’it hukmdorlari Amir Doniyol, Amir Shohmurod va Amir Haydarlar davrida oddiy Mirza (Mun- shiy)likdan mirzaboshi — bosh munshiy- lik darajasiga ko’tariladi. M.S.J.dan bizgacha 4670 bayt etib kelgan. Uning 2 devoni va bir munsha- ot (xatlar, nomalar) to’plami mavjud: birinchi devoni 300 dan ortiq g’azal, 14 muxammas, 59 ruboiy, 20 qit’a, 2 qasida, 34 muammo va 20 fardni o’z ichiga ol- gan bo’lsa, ikkinchisi «Daxmai Shohon» («Shohlar qabristoni»), «raf’i tumani Ohugiru Xayrobod» («Ohugir Xayro- bod tumanlariga sayohat»), «qazovu qadar «(«Qismat»), «oshiq shudani darvesh ba duxtare» («darveshning bir qizga oshiq bo’lgani») nomli dostonmasnaviyla- ri hamda 33 ta ta’rixqit’adan iborat. M.S.J.ning 27 ta qo’lyozmasi O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi. Ad.: Karimova D., Sodiq Munshiy — Jondorning shirinkalom shoiri, T., 2001. Dilerom Karimova.