Mirzoy

Mirzoy — o’rtapishar sabzi navla- ri. O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. in-tida Toshkent viloyatida ekiladigan xalq selektsiyasi namunalar negizida yakka tanlash usu- li b-n chiqarilgan (1946). Sariq M. va Qizil M. navlari bor. Sariq M. sab- zisining bargi to’q yashil. Ildizmeva shakli tsilindrsimon, uch tomoni bir oz ingichkalashgan, ba’zan to’mtoq, uz. 15-16 sm, diametri 3-3,5 sm. Vazni 50-80 g. Tuey, eti va o’zagining rangi sariq. Sersuv, shirin. Tarkibida 9,9— 10,6% quruq modda, 4,98— 5,08% kand, 40 mg % karotin va vitaminlar mavjud. Hosiddorligi 140-170 ts/ga. Unumdor erlarda va yuqori agrotexnika parvari- shida hosildorligi 250-270 ts/ga gacha boradi. O’suv davri 100-110 kun. Qizil M. nisbatan ertaroq pishadi. Sabzisi shakli tsilindrsimon, uch tomoniga qarab ingichkalashgan, bo’yi 13-17 sm, Diame- tri 3,5—4,0 sm, vazni 60-80 g. Tuey, eti va o’zagining rangi qizg’ish, sersuv, kar- sillaydi. Tarkibida 10,9— 11,8% quruq modda, 8-6,1% qand bor, hosilining 8-9% i yorilib ketishga moyil. O’suv davri 82-92 kun. Sabzilari uzoq vaqt yaxshi saqlanadi, Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatlarida ko’p ekiladi. Oziq-ovqat va kon-serva sanoatida ishla- tiladi. Raftsha G’anixo’jaeva.