Mehrob

Mehrob (Arab. — harb joyi; bu erda namoz paytida shayton b-n Imom o’rtasidagi urush joyi ma’nosida) — masjidning Makka (Kaba)ga qarata yo’naltirib devor ichiga ishlangan ravoq shaklli joy, sajdagoh. M. yarim aylana, ko’p qirrali, to’g’ri to’rtburchak shaklda ishlanib, tepasi ravoq yoki yarim aylana shaklida bezaladi, atrofi hoshiyalangan bo’ladi. Ayrim M.lar yog’och, ganch, naqshinkor marmar va koshinlar b-n qoplangan, badiiy bezakli ustunlar va ravokdi hoshiyalar b-n bezatilgan. M. Islom dinining dastlabki davrlaridan mavjud. Namoz vaqtida Imom M.ga o’tib, kiblaga yuzlanadi va uning orqasidan jamoa bo’lib namoz o’qiladi.