AHMAD IBN TULUN ABULABBOS

AHMAD IBN TULUN ABULABBOS (835 -883) — Misrda 868 — 905 yillarda hukmronlik qilgan Tuluniylar sulolasi asoschisi. Ahmad ibn Tulun Abulabbos yoshligida Bag’dod xalifasi saroyida xizmat qilgan. 868 yildan Misrning muvaqqat voliysi. Qaynotasi Mojur Misr voliysi qilib tayinlangandan so’ng (870), butun Misrni idora qilish ishi Ahmad ibn Tulun qo’liga o’tgan. Shundan keyin u xalifalikdan mustaqil bo’lib ajrab chiqish uchun kurasha borib, 878 yil Shomni bosib oldi. Shu tariqa 200 mingdan ortiq askari bo’lgan mustaqil davlat tuzdi. Misr va Shom 904 yilgacha Ahmad ibn Tulun asos solgan sulola xukm-ronligida bo’ldi. Ahmad ibn Tulun hukmronlikni o’z qo’lida saqlab qolish uchun ko’p qon to’kdi, lekin qurilish va obodonchilik ishiga katta ahamiyat berdi. Qohira shahri chekkasida u qurdirgan katta jome masjid, ko’rkam saroy va shifoxona hozirgi kungacha saqlanib qolgan.