MUQADDAS JOYLAR

MUQADDAS JOYLAR, qadamjolar — dindorlar muqaddas deb hisoblaydigan va sig’inadigan joylar. Bular — payg’ambar, Shayx, eshon, AV- liyolar nomi b-n bog’liq hisoblangan va ziyoratgohga aylanib ketgan shahar, maqbara, chashma, daraxt, tepalik, gor va b.dir. M.j. turli dinlarga e’tiqod qiluvchi hamma xalqlarda, ko’pgina shahar va mamlakatlarda bor. Bunga Imom Bu- xoriy (Samarqand viloyati), Bahouddin Naqshband (Buxoro sh.), ZANGI ota (tosh- kent viloyati), Ahmad Yassaviy (Turki- ston sh.) dafn etilgan joylar va b.ni misol qilib ko’rsatish mumkin. Islomda Makka va Madina, shialarda, shuning- dek, Karbalo va Najaf sh.lari umumiy M.j. hisoblanadi va ziyorat qilinadi. Hindlar uchun Gang daryosi, yahudiylar, xristianlar uchun Quddus sh. muqaddas sanaladi.