Mushfiqiy Abdurrahmon

Mushfiqiy Abdurrahmon (1525 -Buxoro -1588) — shoir. Buxoro ma- drasalarida ta’lim olgan. 1564 y.gacha Buxoroda yashagan. 1568-72 y.larda Samarqand hokimi Sulton Said saroy- ida kitobdor bo’lgan. 1572-73 y.larda Hindistonda Akbarshoh saroyida, 1578 y.dan Buxoro amiri Abdullaxon saroyi- da xizmat kilgan va «Malik ush-shuaro» unvonini olgan. M. boy adabiy meros qoldirgan. Shoirning hajviya, g’azal va qasidalari «Devoni Mutoibot», «De- voni g’azaliyot», «Devoni kasoid», «101 tugun» («Sadu yak buvad») kabilarda jam- langan. M. go’zallik va muhabbat xaqida «Eram bog’i», shuningdek, «Soqiynoma» va «Jahonnoma» kabi poetik asarlar- ni yaratgan. M. asarlari xalq orasida keng tarkalgan va uning uzi ham Mulla Mushfiqiy nomi b-n tojik xalq latifa- lari kaxramoniga aylanib ketgan. Ad.: Bertels E.E., Istoriya Persid- skoy i tadjikskoy literaturi, M., 1970.