Murtak bezlari

Murtak bezlari, bodom bez- lari — odam va umurtqali hayvonlar limfa sistemasining a’zolari, lim- foid to’qimalar to’plami. Og’iz bo’shlig’i va halqumning shilliq qavatida joy- lashgan. Tanglay, til (til ildizida), burunhalqum gumbazida va nay (eshi-TUV naylariningteshiklarida) M.b. bor. Ular hiqildoqda joylashgan limfa folliku- lalari b-n birgalikda himoya qiladigan to’siq — limfadenoid xalqum halqasini hosil qiladi. Tanglay M.b. shakli bo- domga o’xshaydi (uni Glanda deb ham ata- shadi) va tanglayning ikkala tomoni- da (tanglay ravoklarining oralig’ida) joylashadi. Tanglay murtaklarida juda ko’p uchraydigan surunkali yallig’lanish (q. Tonzillit, angina) jarayonida ular- ning himoyalanish xususi-yati buziladi va ular organizm uchun xavfli yiring hosil qiladigan mikroblar o’chog’iga ay- lanadi. M.b.ning kattakichikligi ular- ning funktsional holatiga bog’liq emas. M.b.da limfositlar hosil bo’ladi va bu erdan qisman limfa oqimiga, qisman og’iz b-n xalqum bo’shlig’iga chiqadi. M.b. organizmni kasallik ko’zg’atadigan mi- kroorganizmlardan himoyalash va immu- nitet hosil qilishda qatnashadi.