Muruntov
Muruntov — Navoiy viloyatida- gi shahar (1976 y.dan). Zarafshon shahar Kengashiga qarashli. Qizilkum cho’lining o’rtasida, Tomditov va Bo’kantov tog’tiz- malari hududida joylashgan. O’rtacha 610 m. balandlikda. Iyulda yuqori t-ra 46°. Yanv.da eng sovuq t-ra -31°. Yaqin t.y. stantsiyasi — yangi Zarafshon. VI- loyat markazi (Navoiy sh.) dan 200 km uzoqlikda. Aholisi 4320 kishi (2002). Asosan, o’zbeklar; shuningdek, qozoq, rus, ukrain, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar Muruntov oltin koni- ning ochilishi munosabati b-n Muruntov geol. qidiruv parti-yasi posyolkasi si- fatida 1959 y.da vujudga kelgan. M.da 3 kichik korxona, umumiy ta’lim maktabi (900 o’quvchi), musiqa maktabi, 2 kutub- xona, muzey, sport saroyi, qishloq vrach- lik punkti mavjud. Muruntov— Zaraf- shon yo’nalishida avtobus qatnovi yo’lga qo’yilgan. M. atrofida muhim foydali qazilmalardan Nodir metallar, noruda qazilma boyliklardan fosforit, kvar- sli qum va h.k. aniqlangan.