Musa tura madrasasi
Musa tura madrasasi — Xi- vadagi me’moriy yodgorlik. Ichan kal’a markazida joylashgan. Ollokulixon na- birasi Musa to’ra qurdirgan (1841). Ma- drasa t-rapesiyasimon tarxli (38,7×28,2 m), orka va ikki yon tarzi oddiy bez- aksiz. Bosh tarzdagi peshtoqi Xorazm me’morligiga xos sharafali, sirkori koshin b-n qoplangan, g’ishtlar mavjli shaklda terilgan. Ikki yon qanotidagi 3 ravokli hujralar peshtoqdan pastroq qilib ishlangan. 4 burchagida guldasta- lar bor. Darvozasi yog’och o’ymakorligida bezatilgan, orasida yozuvlar saqlangan. 2 gumbazli, bo’g’im-bo’g’imli miyonsa- Roy orqali hovliga o’tiladi. Miyonsa- Royning 2 yonida masjid (6,0×6,0 m) va darsxona (4,2×4,2 m) joylashgan. Hovli (21,5×14,28 m) atrofidagi hujralar oldi qator ravoqli, tomi balxi gumbaz- li, masjid, darsxona va miyonsaroy charxi gumbazli, ichki gumbaz osti qalqonsimon ba-g’allar b-n bezatilgan. Hujralar dar- chasiga ganchkori panjaralar o’rnatilgan. Ad.: Mankovskaya L., Bulatova V., Pamyat- niki zodchestva Xorezma, T., 1978.