AHMADJONOV MUXTOR ORIPOVICH

AHMADJONOV MUXTOR ORIPOVICH (1932.28.6-1998.29.10, Toshkent) – geolog olim, geolologiya-mineralogiya fanlari Doktori (1969), professor (1972). O’rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan (1955). O’zbekiston Geologiya vazirligida geolog (1955 — 57). O’rta Osiyo mineral xom ashyo ilmiy tadqiqot institutida katta muhandis (1957 — 60). 1960 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi geologiya va geofizika institutida katta ilmiy xodim, regional va dinamik geologiya bo’limi mudiri (1961 yildan). 1978-85 va 1991 yildan Toshkent texnika untida kafedra mudiri. Birinchi marta O’zbekistonning paleozoy fundamentining tektonik xaritasini tuzdi va yopiq maydonlar geologik tuzilishini mukammal o’rgandi. O’zbekistonda tokembriy qatlamlari borligini birinchi bo’lib aniqladi va asosladi. Bu esa oltin izlashga keng yo’l ochib berdi. O’zbekiston Respublikasida mineral xom ashyo bazasini rivojlantirishga hissa kushgan. Pragada (1968), Moskvada (1971, 1973, 1983) bo’lgan xalqaro geologik kongresslar qatnashchisi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).