AHMADIYA MASJIDI
AHMADIYA MASJIDI — Istanbulda qurilgan mahobatli me’moriy obidalarning eng kattasi (1609— 14). Me’mor Mehmed og’a (1540— 1620) qurgan. Ahmadiya masjidi katta qubbali oldi tomoni baland minorali bino. Minoralar atrofida esa kichik peshayvonlar bor. Masjid ichidagi devorlar, yashil, oq va havo rangdagi koshinlar bilan bezalgan bo’lib, gilamni eslatadi. Derazalardan tushgan nur rangdor bezaklarda jilolanib, kishi diliga orom bag’ishlaydi. Minoraning qubbalari ko’kka tutashib ketganday tuyuladi. Ahmadiya masjidi turk me’morchiligi tarixida alohida o’rin egallaydi.