Mamatxonov Yahyoxon
Mamatxonov Yahyoxon (1914.21.12, KUVA tumani — 2001.25.8, Farg’ona) — Uzbekiston xalq artisti (1955). O’zbek davlat musiqali drama teatri krshida- gi studiyada ta’lim olgan (1930-32). 1932-34 y.lar shu teatrda aktyor. 1934 y.dan Farg’ona viloyat musiqali dra- ma va komediya teatri aktyori (1948-64 y.lar direktori). Spektakllarda etakchi qahramon, ayni vaqtda, cho’rtkesar, o’jar tabiatli kishilar obrazini yaratishda kuchli dramatizm, bosiq harakatlar, past ovoz va bamaylixotirlik b-n ifoda etish uning ijodiga xos. Solihboy («Boy ila xizmatchi»), xon Boboxon («Tohir va Zuxra»), Navoiy («Alisher Navoiy»), Hamza («Hamza»), Muqimiy («Mavlo- no Muqimiy»), Yusufbek hoji («utgan kunlar») va b. uning sahnada yaratgan eng yaxshi obrazlaridir. Klnoda Toshma- tov («opasingil Rahmonovalar»), Orif ota («stadionda uchrashamiz»), Ahmedov («Alangali yillar») kabi rollarni, «Navoiy» videofilmida esa Lutfiy- ni ijro etgan. «Nodira» (S. Qosimov b-n birgalikda), «Boqi va soki», «Meli habbonu Nabi tovon» kabi musiqali drama va komediyalarni yozgan. «Yor, Diyor madhi» adabiy musiqali kompozisiya va bir qancha qo’shiqlar muallifi. «Uch soz» she’riy to’plami nashr etilgan.