Maksvell Jeyms Klerk
Maksvell Jeyms Klerk (1831.13.6, Edinburg — 1879.5.11, Kem- Brij) -ingliz fizigi, klassik elektro- dinamika, statistik fizika asoschila- ridan biri, gazlar kinetik nazariyasipp yaratganlardan biri, radiotexnikaning vujudga kelishi uchun poydevor qo’ygan shaxs. London Qirollik jamiyatining a’zosi (1860). Edinburg (1847-50) va Kembrij (1850-54) un-tlarida o’qigan. Aberdin (Shotlandiya, 1856-60), London (1860-65), Kembrij (1871 y.dan) un- tlari prof. 1871 y.dan Kembrij unti qoshida o’zi tashkil etgan Kavendish lab. direktori. Ilmiy ishlari mole- kulyar fizika, optika, mexanika, ela- stiklik nazariyasi va b.ga oid. Gazlar kinetik nazariyasini rivojlantirgan holda statistik muvozanat holatidagi gaz molekulalarining tezliklar bo’yicha taqsimlanish qonunini topgan (1859). Faradey g’oyasini rivojlantirgan holda makroskopik elektrodinamikaning ma’- lum omillarini umumlashtirib elek- tromagnit maydon nazariyasini yaratgan (1855-73). Bu nazariya asosida Maksvell tenglamalari deb ataluvchi to’rtta diffe- rentsial tenglama yotadi (q. Maksvell ten- glamalari). Tenglamalarni tahlil etib, M. yorug’lik elektromagnit to’lqinlardan iborat ekanligi haqidagi muhim xulosa- larga keldi. M.ning elektromagnetizm nazariyasi hozirgi zamon fizikasining klassik asosi hisoblanadi.