Mangu qorlar

Mangu qorlar — er yuzasida yil bo’yi erimay yotadigan qor va muzlar. M. q. qatlamining faqat ustki qismi qordan iborat, chuqurroqdagi qatlamlari esa yuqoridagilarining og’irlik bosi- mi natijasida firn va muzga aylanadi. Qutbiy o’lkalarda M. q. hamma joyda uchraydi, issiq va mo»tadil iqlimli mamlakatlarda esa qor to’la erib ulgur- maydigan tog’larda bo’ladi. Natijada, qor doimo ko’payib, muzga aylana boradi, og’irlik bosimi ta’sirida tog’larning quyi qismiga tomon siljiydi, u erda erib, daryolarga suv beradi. O’rta Osiyo tog’larida M. q. 3000 m dan baland joy- larda uchraydi.