MANIAKAL-DEPRESSIV PSIXOZ

MANIAKAL-DEPRESSIV PSIXOZ, tsiklofreniya — ruhiy kasallik; g’amgin (depressiya) yoki ko’tarinki (ma- niya) ruhiy holatlar xuruj qilishi (FA- zalari) b-n kechadi. Xurujlar bir necha kundan bir necha oygacha davom etadi. Maniakal fazada bemor kayfi chog’, serharakat, sergap bo’lib, o’zini har ishga qodir, ishbilarmon deb biladi. Charchash nimaligini bilmaydi, kam uxlaydi. Depressiv fazada bemor g’amgin, ruhiyati va harakatlari suet, odamovi bo’lib qoladi, tushkunlikka tu-shadi, ma- dori qurib bitgandek tuyuladi, ishlashga qiynaladi, uyqusi va ishtahasi buziladi (q. Depressiya). Odatda, kasallik fazala- ri bir-biri b-n almashinib turadi; yosh ulg’aygan sari depressiv faza ko’p uch- raydi. Kasallik ba’zan monofaz kechishi ham mumkin, bunda faqat maniakal yoki faqat depressiv faza qayd qilinadi. Ba’zi hollarda bir faza bevosita ik- kinchisi b-n almashinadi, biroq fazalar o’rtasidagi vaqt yillab cho’ziladi. Bemor- ning qiyofasi deyarli o’zgarmaydi. Psixoz xurujlari bo’lmagan davrda bemor o’zini sog’lom his qiladi. Lekin maniakal faza odam keksayganida uchrasa, bemor zaif bo’lib qoladi. Depressiv faza bemorda hayotga qiziqishning yo’qolishi va o’z- o’zini o’ldirish ehtimoli borligi b-n xavfli. M.-D.p. belgilari paydo bo’lganda psixiatr-vrachga murojaat qilish zarur, vaqtida qilingan davo yaxshi naf beradi. Tin-chlantiruvchi va antidepressiv vosi- talar buyuriladi, jiddiyroq hollarda kasalxonaga yotqiziladi.