Manila

Manila — Filippin Respublika- si poytaxti. Luson o.ning Jan.-g’arbida, Manila qo’ltig’i sohilida. Iqlimi Su- bekvatorial iqlim, avg.—sent.da tay- funlar bo’ladi. Aholisi 1,6 mln. Kishi (2000). Katta M. shahar va uning atrofi, bir necha qishloq va yo’ldosh shaharlarni o’z ichiga olgan konurba-tsiyani (mayd. 832 km2) tashkil etadi. Shahar 16-a.ning 2-yarmida ispan konkistadorlari qurgan qal’a o’rnida vujudga kelgan. 1574 y.dan Ispaniya mu-stamlakasining ma’muriy markazi, 1898 y.da AQSh tomonidan egal- langan. 1942-45 y.larda Yaponiya bosib olgan. 1946 y.dan Filippin Respublika- si poytaxti. M. — mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Savdo va transport yo’llari tuguni. M. porti orqali mamla- kat importining deyarli hammasi, eks- portining yarmidan ortiq qismi o’tadi (yillik yuk ortib-tushirish 12 mln. T atrofida). Katta M.da mamlakat sanoat korxonalarining 2/3 qismi joylash- gan. Tikuvchilik, poyabzal, oziq-ovqat, yog’ochsozlik, neftni qayta ishlash, mashi- nasozlik sanoati korxonalari, kema ver- Fi mavjud. Un-tlar, Filippin madaniyat markazi (teatr, muzey, badiiy galereya, kutubxonani o’z ichiga olgan majmua), milliy muzey, San-Tomas muzeyi, filar- moniya bor. Me’moriy yodgorliklardan Intramuros r-nida (sobiq ispan kal’- asi) 16-18-a.larda qurilgan binolar saqlangan.