MARAKAYBO NEFT-GAZ HAVZASI

MARAKAYBO NEFT-GAZ HAVZASI — Venesuela shim.-g’arbi va Kolumbiya shim.-sharqida hamda Mara- kaybo ko’li va Venesuela qo’ltig’ida joy- lashgan dunyoda eng yirik havzalardan biri. Mayd. 90 ming km2 ga yaqin, shuning 1/3 qismi suv havzalariga to’g’ri keladi. Neftni sanoat miqiyosida chiqarib olish 1917 y.dan boshlangan. Gaz, asosan, neft tarkibida erigan holda mavjud. NEF- tning dastlabki aniqlangan zaxirasi 7 mlrd. t atrofida, gazniki 1,7 trln. m3 bo’lgan. Ochilgan konlar orasida eng ul- Kan guruhi sohildengiz va ko’l zonasiga to’g’ri keladi. Neftli gorizontlar butun kesma bo’yicha tarqalgan. Neft uyumla- ri, asosan, 1000 m chuqurlikda miosen va Eosen yotqiziqlari orasida yotadi, aso- san, og’ir va yopishqoq. Bu havzadan Vene- suelada olinayotgan neftning 3/4 qismi olinmoqda. Neft quvurlar orqali bevo- Sita qayta ishlovchi z-dlar va tashqariga chiqarish uchun portlarga jo’natiladi.