MARAKAIBO

MARAKAIBO — Venesuela- ning shim.-g’arbiy qismidagi shahar, Suliya shtatining ma’muriy marka- zi. Aholisining soni va iqtisodiy ahamiyati jihatidan mamlakatda 2-o’rinda (Karakas sh.dan keyin); aholisi 1,5 mln. kishi (1990-y.lar oxirlari). Marakaybo neft sanoati r-nining sav- do va sa-noat markazi. Yirik port (yil — lik yuk ortib-tushirish 70 mln. t), aso- san, neft sanoati uchun xizmat qiladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kimyo, neft kimyosi, oziq-ovqat, to’qimachilik, ko’n-poyabzal, elektrotexnika, qog’oz, farmasevtika, tsement, yog’ochsozlik, me- tallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Shaharga 1571 y.da asos solingan. Me’- moriy yodgorliklaridan mustamlakachi- lik davrida qurilgan sobor va cherkov saqlangan. Un-t (1891), tarix muzeyi, harbiy muzey, nafis san’at akademiyasi, konservatoriya bor.