Marganesli o’g’itlar

Marganesli o’g’itlar — tar- kibida marganes bo’lgan o’g’itlar. M.o’.ga maxsus tayyorlangan o’g’itlar va preparat- lar, marganes b-n boyitilgan mineral o’g’itlar va ba’zi sanoat chiqindilari kiradi. M.o’. sifatida marganesli Su- perfosfat (2-3% MPO, 17-18% R2O5), marganes sulfat (MnSO4), tarkibida marganes bo’lgan preparat (3,5— 4,5% MPO); tarkibida fosfor va marganes bo’lgan preparat (18% MnSO4); marga- nesli shlam (12-22% MPO) ishlatila- Di. Marganesli superfosfat (tarkibida 17-18% R2O5 va 2-3% chamasida Mar- ganes bo’ladi) fos-formarganesli o’g’it hisoblanadi. Kukunsimon superfos- fatga marganes shlami qo’shib donador- lashtiriladi. Marganes sulfat oq yoki och kulrang kristall kukun, suvda yaxshi eriydi. Tuproqqa ekishdan oldin Soli- nadi, vegetasiya davrida usimliklarni oziqlantirishga hamda ekish oldidan urug’larni ishlashda qullaniladi. M.u. tuproqning usimliklar uzlash- tira oladigan shakldagi marganes b-n ta’minlanganligiga qarab qo’llaniladi. O’sish davrida M.u. gektariga 4-6 kg miqdorda asosiy o’g’itlar b-n birga be- riladi. Marganesning muhim manba- laridan biri go’ng hisoblanadi. Erga gektariga 10-20 t miqdorda go’ng so- linganda o’simliklarning marganesga bulgan ehtiyoji tuda qondiriladi (yana q. Mikroo’g’itlar).