Mariana orollari

Mariana orollari — tinch okeanning g’arbiy qismidagi bir guruh orollar, Mikroneziyayaya.. Mayd. 1,1 ming km2. 15 ta yirik va bir necha mayda Orol va riflardan iborat. Kelib chiqishiga kura, marjon va vulkan orollar. Tez-tez zilzila bo’lib turadi, so’nmagan vulkan- lar bor. Eng baland joyi 965 m. Fos- forit, oltingugurt, temir va marganes rudasi konlari bor. Iklimi tropik, passatli iqlim. Yiliga 1800— 2100 mm yog’in yog’adi. Tayfunlar bo’lib turadi. Jan. va Sharqiy tog’yon bag’irlari doim yashil tropik o’rmonlar b-n qoplangan, shim.da kserofit o’simliklar usadi. Ko- kos palmasi, banan, tsitrus o’simliklar o’stiriladi. Paxta, shakarqamish ekila- Di, kofe etishtiriladi. Baliq ovlanadi. M.o.ga evro-paliklardan dastlab 1521 y.da F.Magellan kelgan va orollarni is- paniya qiroli Filipp IV ning rafiqasi nomi b-n atagan.