Markovnikov Vladimir Vasilevich

Markovnikov Vladimir Vasilevich [1837.13.(25).12 — 1904.29.1 (11).2] — rus organik kimyogari. A. B. Butle- rovning shogirdi. Qozon unti prof. (1870 y.dan). Ilmiy ishlari organic birikmalarning tuzilish nazariyasini rivojlantirish hamda neft va Ali-TSI- klik uglevodorodlar kimyosiga oid. M. molekulalarda atomlarning izomeri- yasi va o’zaro ta’sirini o’rgandi, o’rin almashish, birikish va parchalanish re- aktsiyalarining qator qonuni-yatlarini ochdi. 1869 y.da Morkovnikov qoidasiip kashf etdi. Suv elementlari yoki galo- genvodorodlar qo’shni uglerod atomlari- dan ajralib hosil bo’lishini o’rgandi. 80-y.lardan boshlab Kavkaz neftlarini o’rgana boshladi. Uglevodorodlarning yangi sinfini aniqlab, ularga naften- lar deb nom berdi. 5 a’zoli naftenlarni o’rgandi, ko’pchilik tsikloparafinlarni, shuningdek, tarmoqlangan zanjirli Pa- rafinlarni sintez qildi. Amaliyot uchun zarur bo’lgan aromatik uglevodorodlarni tsikloparafinlardan katalitik yo’l b-n olish usullarini topdi. M. organik kis- lotalar, jumladan, izomoy kislotani ilk bor sintez qiddi. Sho’r ko’llar va tuz konlarini o’rganib, ulardan foydala- nish yo’llarini ko’rsatib berdi.