Mulkiy jinoyatlar

Mulkiy jinoyatlar (O’zRda) -iqtisodiy jinoyatlardan biri. M.j. o’zgalar mulkini talontoroj qilish b-n bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan jino- yatlarga bo’linadi. Mulkni talontoroj qilish va talontoroj qilish b-n bog’liq bo’lmagan, ammo jinoyat tufayli mulkiy zarar kelib chiqadigan jinoyatlar uchun javobgarlik JK «maxsus qismi»ning 11 — 13-boblarida nazarda tutilgan. Mul- kni talontoroj qilish uchun javobgarlik O’zR JKning 10-bobida berilgan bo’lib, bularga bosqinchilik (JK, 164modda), tovlamachilik (JK, 165modda), talon- chilik (JK, 166modda), o’zlashtirish yoki rastrata qilish (JK, 167modda), firib- garlik (JK, 168modda), o’g’rilik (JK, 169modda) jinoyatlari kiritilgan. Mul- kni talontoroj qilish — o’zganing mul- kini yoxud mulkiy huquklarni q.asddan qonunga xilof ravishda g’araz niyatlarda qaytarib bermaslik maqsadida qonuniy egasi yoki mulk uchun javobgar bo’lgan yoxud mulkning g’ayriqonuniy egallani- shiga to’sqinlik qilgan shaxsdan ayb- dorning o’z ixtiyoriga yoki bo-shqaning ixtiyoriga olinishidir. M.j.ning pred- meti — insonlarning mehnati nati- jasida yaratilgan, iqtisodiy jihatdan foydali sotish, sotib olish va Alma- shuv qiymatiga ega bo’lgan, insonlar — ning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradigan buyumlar, sanoat yoki q.x. mahsulotlari, shuningdek, O’zbekiston puli yoki chet el valyutasi hisoblanadi. O’zgalar mulkini talontoroj qilish b-n bog’liq bo’lmagan jinoyatlarga, aybdor- ning qarakati tufayli mulk shaklidan qati nazar, o’zgalarning mulkiga zarar etka-zuvchi yoki mulkni nobud qiluvchi jinoyatlar (JKning 170— 174moddala- ri), iqtisodiy asoslarga putur etkazuv- chi jinoyatlar (JKning 175— 185mod- dalari) hamda xo’jalik soqasidagi Ji- noyatlar (JKning 186—192moddalari) kiradi. Mirzayusuf Rustamboev.