Murilo (Murillo ) Bartolome Esteban

Murilo (Murillo ) Bartolome Esteban (1618.1.1 — Sevilya — 1682.2.4) — ispan rassomi, Sevilya ba asoschi- laridan va uning birinchi prezidenti. Sevilyada o’qigan va ishlagan. M.ning karavajizm ta’siri kuzatiladigan dast- labki asarlaridayoq diniy sahnalar xalq hayotidan lavhalar ko’rinishida tasvirlanadi. 1650-y.lardan asarlari- ni tilla rangli nursoya b-n boyitilgan o’ta tasviriy uslubga (ayniqsa, man- zarali zaminlarda) o’ta borib, diniy kompozisiyalar, shu jumladan, Bibi Ma- ryam hayotidan olingan lavhalarda (mas, «Misr yo’lida xordiq», 1665-70 va b.) ilohiylashtirilgan va g’amgin milliy ispan ayolini ajoyib lirizm b-n tasvir- laydi. M. ijodining realistik xususi- yatlari ayniqsa uning janrli kartina- larida, Sevilya bolalari hayotini ochiq ko’ngillik b-n engil yumorli tasvirlov- chi turkum asarlari («meva tutgan bola- lar» va b.) da yaqqol namoyon bo’ladi.