Mopassan (Maupassant) gi

Mopassan (Maupassant) gi (to’liq nomi Anri Rene Alber gi) de (1850.5.8, Turvilyasyur-Ark yaqinidagi Miromenil kal’asi -1893.6.7, Parij) — Fran- suz yozuvchisi, Ruan li-tseyini tugatgan. 1870-71 y.lardafran-ko-prus urushida qatnashgan, g. Flo-Berning shogirdi, rus alibi I.S. Tur-genevni ustoz sanab, unga bag’ishlab maqolalar yozgan. Adabiyotga 1880 y.da she’rlar to’plami va «do’ndiq» novellasi b-n kirib kelgan. U 6 roman, 18 hikoyalar to’plami, ocherk va pesalar, ko’plab maqolalar va b. asarlar mualli- Fi. M. ijodi uchun turmushni ob’ektiv tasvirlash, tilining sodda (tabiiy) va ta’sirchanligi, «hayotni o’zidanda ishon- chli tasvirlash», qahramonlar obrazi- ni ularning xarakter va xis-tuyg’ulari orqali yaratishga intilish xarakterli. M. ma’naviy qashshoq, mu-nofiq kishi- lar obrazining butun bir silsilasini yaratgan («Javohirot», «oila bag’rida», «Vasiyatnoma» «bochkacha», «Iblis» va b.). Uning «Daydi», «Shkaf», «Gadoy» kabi novellalarida turmush qa’riga uloqtirilgan notavonlar hayoti tasvir- langan. Muhabbatni mol-dunyodan iborat deb biluvchi, shu bois har qadamda o’zini sotishga tayyor ayollar obrazi «Ivetta», «Haqqoniy tarix» va b. asarlarida ma- horat b-n chizilgan. M. sof muhabbat («oy yog’dusi», «baxt»)ni kuylaydi va ma’na- viy yuksak oddiy kishilarni qadrlaydi («Simon ota», «Marten qizalog’i»), va- tanparvar va jasoratli insonlarni ta- rannum etadi («do’ndiq», «Madmuazel Fifi», «milon amaki»). Uning «Hayot» (1883), «Azizim» (1885), «Mont-Oriol» (1886), «Per va Jan» (1887-88) kabi romanlarida umumba-shariy mavzular, mansabparastlar qismati, boylik ortti- rishga xuruj qilish yuksak mahorat b-n tasvirlab berilgan. «O’limdek kuchli» (1889), «bizning qalb» (1890) romanla — rida esa psixologik ruh kuchli. «Hayot», «Azizim» romanlari (Ibrohim G’afurov tarjimasi) va bir qancha hikoyalari o’zbek tiliga tarjima kdlingan. Ad.: Raskin B. L., Gi de Mopassan, v SB., Pisateli Frantsii, M., 1964; isto- riya frantsuzskoy literaturi, M., 1987. Ibodulla Mirzaev.