Monositlar

Monositlar (mono… va Yun. kytos — hujayra) — donasiz Ley- kositlar (agranulositlar)ning bir turi. Ko’mikning boshlang’ich o’zak hujayralaridan hosil bo’ladi. M. pe- riferik qon tarkibidagi eng katta hujayra, uning hajmi 12-20 mkm. Yadrosi protoplazmaga nisbatan katta, ovalsimon, ko’pincha «taqa» ko’rinishida, rangi (neytrofil leykositlar va lim- fosit larnikiga nisbatan) ochroq; Pro- to-plazmasi leykositlarning zangori, och ko’k rangiga qaraganda och. Protoplaz- mada bir necha vakuolalar bo’lib, ular hujayra yadrosi atrofida joylashgan. Sog’lom odam qonida M. leykositlar- ning 3-10% ini tashkil qiladi. M. FA- gositoz qilish xususiyatiga ega va qondan to’qimaga o’tganda makrofaglarta aylana- Di.