Momiq paxta

Momiq paxta — xar xil yo’nalishda tartibsiz ravishda kuchsiz- gina birikkan kalta tolalardan iborat mayin paxta. Asosan, tolasi ajratib olingan chigitlar sirtida qoladigan kalta tola (lint) dan tayyorlanadi. M.p. tayyorlash uchun xom ashyo (kalta tolalar) xar xil aralashmalardan tozalanadi va titishsavash agregatida titilib va sa- valab mayin’ massaga aylantiriladi. Maxsus ishlov berilib (kimyoviy modda- lar b-n kaynatilib) zararsizlantiril- gan M.p. tibbiyotda, oddiylari texnika maqsadlarida ishlatiladi. M.p. gigro- skopik (namni yaxshi shimadigan) va kom- press qilish xillariga bo’linadi. Gigro- skopik M.p. oppoq bo’ladi, qatlamlarga osongina ajraladi, qon va yiringni yaxshi shimgani uchun yaralarni bog’lashda ishlatiladi. Kompress qilish M.p.si bint b-n bog’langan yara gazak olib ket- masligi uchun uni issiq tutish maqsadida bog’lam ustidan qo’yilib, ustidan bint- lanadi. U singan joylarni gipslashda ham qo’llaniladi. M.p.ning alohida xili — vatin bir yoki ikki tomondan emulsiya surkalgan material bo’lib, kiy-im-bosh tikishda ishlatiladi. Paxtadan boshka tolalardan ham momiq tolalar massa- si tayyorlash mumkin. Ularni tabiiy va sun’iy xillarga ajratsa bo’ladi. Tabiiy tolalar — jun, ipak, zig’ir, penka, as- Best tolalar; sun’iy tolalar — tsellyu- Loza, shisha, metall, shlak, bazalt tola- lar. Tabiiy momiq tolalar tikuvchilik, mebel-lsozlik va texnika maqsadlarida, sun’iy momiq tolalar qurilish va kimyo sanoatida ishlatiladi.