Ma’rifat
Ma’rifat — kishilarning ongi- ni, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’limtarbiya. U tabiat, ja- miyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, ma’lumotlar majmu-asini ham bildiradi. M. ilmu urfon ma’no- sida ham ishlatiladi. M. tushunchasi madaniyat, ma’naviyat tushunchalari b-n bog’liq. M. ma’naviy qaramlikni Barta- raf qiladi, insonga kuch-qudrat ato eta- Di. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi bo’lishga yordam beradi. M.li kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi, kelajagi porloq bo’ladi. M. — bilim va madaniyatning qo’shma maz- muni bo’lib, maorif uni yoyish vosita- svdir. M.ni hayotga singdirish maorif tizimi orkali amalga oshiriladi. Tasavvufda M. sufiylarning ruhiy kamolotga erishuvining asosiy bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi.