MAHFUZ NAJIB
MAHFUZ NAJIB (1911.11.12, Qohira) — Arab yozuvchisi (Misr). Qohira untining adabiyot f-tini tugatgan (1934). «Bema’ni shivirshivir» (1936) novel- lalar to’plami jamiyatdagi boylik va qashshoqlik o’rtasidagi ziddiyat haqida. Romantiktarixiy romanlarini («taqdir o’yini», 1939; «Radobis», 1943; «Fiv ku- rashi», 1944) yozgach, M.N. yana ijtimoiy mavzuga murojaat qilgan. «Yangi Qohira» (1945) romanida 2-jahon urushidan AV- valgi Misr yoshlarining hayoti aks et- tirilgan. «Xon al-Xaliliy» (1946), «Midak tor ko’chasi» (1947), «avvali va nihoyasi» (1949) romanlarida 1919 y. dagi inglizlarga qarshi qo’zg’olondan 2-jahon urushi tugaguncha bo’lgan davr- dagi Misr jamiyati turli tabaqalari hayoti panoramasi chizilgan. M. N.ning 1956-57 y.larda nashr etilgan, eski Qohiraning dahalari nomi b-n atalgan mashhur romanlari — «Bayn alkasrayn», «Kasr ash-Shouk» va «as-Sukkariya» 20-a. ning 1-yarmidagi Misr oilalari hayoti haqida. «Nil ustidagi safsata» va «Mi- ramor pansionat» (1966), «yomg’ir osti- dagi sevgi» (1975) romanlarida Misr- dagi 1952 y.dagi inqilob va undan key- in yuzaga kelgan muammolar tasvirlan- gan. «O’g’ri va it» (1961) romani hamda «Ilohiy dunyo» (1963), «badnom xona- don» (1965), «qora mushuk qovoqxonasi» (1968), «shiypon ostida» (1969) novel- lalar to’plamlari muallifi. M. N.ning ko’pgina asarlari ekranlashtirilgan yoki sahnalashtirilgan. Asarlaridan parcha- lar o’zbek tilida e’lon qilingan. Nobel mukofoti laureati (1988). Ly.:Tashmuhamedova G. A., Rannie so- tsialno-bitovie romani Nagiba Max- fuza, T., 1970.